
Maskerano “Barselona”ning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi, ammo...
Xabaringiz bor “Barselona” klubi himoyachisi Xaver Maskerano hafta boshida bo‘lib o‘tgan PSJga qarshi (4:0) UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki bahsini jarohati sabab o‘tkazib yuborgan edi. Marca nashrining xabar berishicha argentinalik futbolchi jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilgan.
Maskerano bugun bo‘lib o‘tadigan “Leganes”ga qarshi o‘yin oldidan jamoaning umumiy guruhida mashg‘lot olib borgan, biroq, murabbiylar shtabi argentinalik futbolchiga o‘zini to‘liq tiklab olishi uchun biroz dam berishmoqchi. Shu sababli Maskeranoning bugungi o‘yinda ishtirok etmaslik ehtimoli bor.
Eslatib o‘tamiz, Maskerano “Atletiko”ga qarshi Ispaniya kubogi yarim final javob uchrashuvida jarohat olgan edi.
Fikrlar