
Maskerano Xitoy klubi bilan shartnomasini bekor qilmoqchi
Xitoyning "Xebey Chayna Forchun" klubi yarim himoyachisi Xaver Maskerano jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 34 yoshli argentinalik futbolchi "River Pleyt"ga qaytishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlash lozimki Maskerano asli mana shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Ushbu transfer katta ehtimol bilan qishda amalga oshirilishi kutilmoqda. Buning uchun Maskerano Xitoy klubi bilan shartnomasini muddatidan avval bekor qilishi mumkin.
Fikrlar