Mata: Pogba har o‘yinda gol uradigan mashina emas

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Xuan Mataning fikricha muxlislar Pol Pogbadan juda katta natijalarni kutishlari to‘g‘ri emas.

“Men buni qanchalik qiyin ekanligini bilaman. Qachonki katta transfer amalga oshsa, odamlar yuqori natijalarni kutishadi. Ba’zan esa bular amalga oshmasligi ham mumkin.

Biz mashina emasmiz. Faqatgina Messi va Ronaldu shunday bo‘lishi va har o‘yinda gol urishi mumkin. Boshqa hech kim”, - deydi ispaniyalik futbolchi Goal nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” joriy mavsum premer-ligada 48 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!