Mauritsio Sarri: "Chelsi" muxlislari Mourinoni hurmat qilishlari shart
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri “aristokratlar” ishqibozlari jamoaning sobiq ustozi Joze Mourinoni haqorat qilmasliklari lozim.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis APLning o‘tgan turida bo‘lib o‘tgan “Chelsi” hamda “Manchester Yunayted” klublari o‘rtasidagi bahsda "Stemford Brij"ga tashrif buyurgan muxlislarga qarata “Chelsi” bilan birga qo‘lga kiritgan 3ta chempionlikni anglatuvchi 3ta barmog‘ini ko‘rsatgan edi. Natijada esa u muxlislar tomonidan ayovsiz haqoratlarga uchradi.
“Muxlislar Mourinoni hurmat qilishlari shart. U bu erda sovrinlar qo‘lga kiritgan va shu bois bizning barchamiz unga hurmat bilan munosabatda bo‘lishimiz lozim”, - deydi italiyalik mutaxassis.

Fikrlar