
Mbappe “Real”ga o‘tish borasida Desham bilan maslahatlashadi
“Monako” klubi hujumchisi Kilian Mbappe o‘z kelajagi va “Real”ning qiziqishi borasida Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham bilan maslahatlashmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
“Deshamning maslahati ham muxim. Biroq bu men uchun Desham tanlovni belgilaydi degani emas. Bu borada o‘ylashga xali vaqt etarli. Hozir bor e’tiborimni terma jamoaga qaratishim kerak”, - deb aytib o‘tdi Mbappe.
Ma’lumot uchun, Frantsiya termasi 2 iyun sanasida Paragvay, 13 iyunda esa Angliya termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Bu orada esa anirog‘i 9 iyunda Shvetsiyaga qarshi JCh-2018 saralashidagi o‘yin ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
- Bu futbolmi yoki amerikancha futbol yoxud APL tarixidagi eng qo‘pol futbolchilar
- Raqiblarni to‘pga qushib otadigan “to‘pchilar”
Fikrlar