Mbappe "Real"ga o‘tishi mumkinligi haqida: Kelajakda nimalar bo‘lishini hech kim bilmaydi
PSJ forvardi Kilian Mbappe kelajakda "Real"ga ko‘chib o‘tishi mumkinligini inkor etmadi.
“Ayni damda PSJda baxtiyorman. Mening klub bilan shartnomam 2021 yilga qadar imzolangan. Hozir boshqa jamoaga o‘tish haqida o‘ylashning vaqti emas.
“Real”ning menga bildirayotgan qiziqishi haqida gapiradigan bo‘lsam, meni PSJda hamma narsa qoniqtirmoqda, ammo kelajakda nimalar bo‘lishini bilib bo‘lmaydi”, - deydi 20 yoshli frantsiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Mbappe PSJ safiga 2017 yilning yozida “Monako”dan 180 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida parijliklar safida jami 67ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 42ta gol va 26ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar