
Memfis Depay: Evropa grandlari safida o‘ynamoqchiman
Frantsiyaning "Lion" klubi yarim himoyachisi Memfis Depay Evropaning top klublarida o‘ynash orzusi borligini aytdi.
“Lion” katta jamoa hisoblanadi, ammo Evropaning eng kuchli beshta jamoasi qatoriga kirmaydi. Men “Real”, “Chelsi”, PSJ, “Bavariya”, “Manchester Siti” yoki “Barselona” kabi jamoalardan birida o‘ynashni xohlayman. Ular orasida o‘zimga mos keladiganida o‘ynashni xohlayman. Lekin hozir bor e’tiborim“Lion”ga qaratilgan”, - deydi gollandiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Depay joriy mavsum “Lion” safida jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar