
“Men maydonda o‘z so‘zimni aytdim” yoxud Iguain intervyu berishdan bosh tortdi
“Napoli” sobiq hujumchisi, hozirda “Yuventus”da faoliyat olib borayotgan Gonsalo Iguain “Napoli” – “Yuventus” (0:1) o‘yinidan so‘ng intervyu berishdan bosh tortdi.
“Men maydonda o‘z so‘zimni aytib bo‘ldim”, – deb aytib o‘tdi argentinalik forvard “Sky Sport Italia” efirida.
Qayd etish joiz, o‘yinda kiritilgan yagona golni aynan Iguain kiritdi va uning ana shu goli “Napoli”ning mavsumdagi mag‘lubiyatiga olib keldi.
Fikrlar