Mene Belgiya terma jamoasi tarixiga kirdi

  • 14 iyul, 2018, 22:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiya terma jamoasi himoyachisi Tomas Mene mamlakat bosh jamoasi tarixiga kirdi.

Tecno

OptaJose nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Angliyaga (2:0) qarshi bronza medali uchun bo‘lib o‘tgan o‘yinda 3-daqiqaning 37-soniyasida gol urgan 26 yoshli futbolchi shu tariqa Belgiya terma jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi eng tezkor goliga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Belgiya terma jamoasi ham bugun o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!