Messi “El-Klasiko”da nechta o‘yindan buyon gol ura olmayapti?
“Barselona” jamoasi etakchisi Lionel Messi “El-Klasiko”da nechta o‘yindan buyon gol ura olmayapti?
Kecha “Real”ga qarshi kechgan navbatdagi “El-Klasiko” 29 yoshli Messi da maydonga tushdi. 90 daqiqa harakat qilgan argentinalik gol ura olmadi.
Luis Suares va Serxio Ramosning gollari evaziga o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.
Messi 21 ta gol bilan “El-Klasiko” tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib tursa-da, printsipial raqibga qarshi qatorasiga oltinchi o‘yinda gol kiritish uddasidan chiqa olmayapti.

Fikrlar