Messi JCh-2018da eng yomon ko‘rsatgich qayd etgan futbolchi bo‘ldi

  • 16 iyul, 2018, 21:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi kuni kecha yakuniga etgan JCh-2018 musobaqasida darvoza tomon tepilgan zarbalarni golga aylantirish borasida eng yomon ko‘rsatgichni qayd etgan futbolchi bo‘ldi.

Tecno

Aniqrog‘i, 31 yoshli argentinalik futbolchining raqib darvozasi tomon yo‘llagan zarbalarining bor yo‘g‘i 5,6 foizi gol bilan tugagan. Bu borada kuchli uchlikdan Angliya terma jamoasi a’zosi Jessi Lingard (5,9%) hamda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ivan Rakitichlar (6,7%) joy olishdi.

Eslatib o‘tamiz, Messi va uning terma jamoasi musobaqani 1/8 finaldayoq Frantsiyaga imkoniyatni boy berib tark etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!