
Messi: Xorvatiyani mag‘lub etishimiz shart!
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi JCh-2018 guruh bosqichi doirasida Islandiya bilan uchrashuvdan so‘ng (1:1) o‘z fikrini bildirdi.
- Bunday natijaga e’tibor bermasdan, oldinga intilishimiz lozim. Ishonchim komilki, 3 ochko uchun loyiq o‘yin ko‘rsatdik. Biz xotirjam bo‘lib, nima bo‘lishiga qaramay ijobi tarzda fikrlashimiz kerak. Har qanday sharoitda Xorvatiyaga qarshi uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz shart!, - deya Messining so‘zlaridan iqtibos keltiradi RT nashri.
Eslatib o‘tamiz, Messi ushbu uchrashuvda islandiyaliklar darvozasi tomoniga belgilangan penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Fikrlar