Messi beshinchi marta EChLda g‘olib chiqmoqchi
“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi bu mavsum Evropa chempionlar ligasida g‘olib chiqishni istamoqda.
– Ha, bu turnirda g‘olib chiqsak ajoyib bo‘lardi. EChL – bu har doim muhim turnir hisoblanadi. Har yili EChLda g‘olib chiqish istagi bo‘ladi. Bu men ishtirok etgan eng zo‘r va chiroyli turnirlardan biri, – deydi Messi.
Argentinalik futbolchi “Barselona” safida to‘rt marta EChLda g‘olib chiqqqan. Bu mavsum 1/8 finalda kataloniyaliklar “Lion” bilan kuch sinashadi.

Fikrlar