Messi jarima zarbalaridan gol urish bo‘yicha Ronaldino rekordini takrorladi
“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi “Leganes”ga qarshi (3:1) La Liga 31-tur uchrashuvida xet-trik muallifiga aylanib, jamoasining g‘alabasiga ulkan hissa qo‘shdi.
Uchrashuvning 27-daqiqasida argentikalik futbolchi raqib darvozasini jarima zarbasidan ishg‘ol qilish uddasidan chiqdi. Bu gol Messi uchun joriy mavsumda jarima zarbalaridan kiritgan 6-si bo‘ldi.
Shu tariqa, Messi 2006/07 yilgi mavsumda “Barselona” sobiq futbolchisi Ronaldinoning rekordini takrorlashga muvaffaq bo‘ldi.
Qayd etish kerakki, Messi ushbu o‘yindan keyin kataloniyaliklar safida kiritgan xet-triklari sonini 40 taga etkazib oldi. Argentinalik, shuningdek, “Barselona”da 40 marta jarima zarbasidan gol urdi.

Fikrlar