
Messi va Maskerano Moskvaga kelishdi (video)
Kataloniyaning “Barselona” klubi a’zolari Lionel Messi va Xaver Maskerano Argentina terma jamoasi safida Rossiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etish uchun Moskva shahriga etib kelishdi. Bu haqda Argentina futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Rossiyada jami 2ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan. Unga ko‘ra argentinaliklar dastlab 11 noyabr kuni Rossiyaga qarshi maydonga tushishsa, oradan uch kun o‘tib Krasnodar shahrida Nigeriya termasiga qarshi o‘yin o‘tkazishadi.
Fikrlar