Messining terma jamoaga qaytishi aniq emas
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni "Barselona" forvardi Lionel Messi bilan uning terma jamoaga qaytishi bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
“Messi bilan ma’lum vaqtdan buyon gaplashmadim. U deyarli har ikki kunning birida o‘yin o‘tkazmoqda. Ko‘ramiz, u terma jamoada o‘ynaydimi yoki yo‘q”, - deydi Skaloni.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ayrim OAVlar Messi 22 mart kuni Venesuelaga qarshi o‘yinda Argentina terma jamoasi safida maydonga tushishi haqida xabarlar tarqalgan edi. U JCh-2018dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng “albasetlar” safidagi faoliyatini noma’lum muddatga to‘xtatgan edi.

Fikrlar