
"Metallurg" qay tarzda "Bunyodkor"ni engdi? (Video)
Bekobodning "Metallurg" klubi bu tur o‘z maydonida "Bunyodkor"ga qarshi bahs olib bordi. Anchagina keskin kurashlar va qarama-qarshi hujumlar ostida kechgan o‘yinda "ma’danchilar" 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvdagi yagona gol hakam tomonidan qo‘shib berilgan to‘rtinchi daqiqada kiritildi va unga Shahzod Shaymanov mualliflik qildi.
Mazkur muvaffaqiyat evaziga Andrey Shipilov shogirdlari jamg‘argan ochkolar soni 13 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. "Qaldirg‘ochlar" esa 20 ochko bilan 4-pog‘onada borishmoqda.
Fikrlar