Meyvezer - Makgregor jangi chiptalar sotuvidan 55 mln dollar daromad qilindi

  • 7 sentabr, 2017, 16:00
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

26 avgust kuni Las-Vegasda boks qoidalari bo‘yicha tashkil qilingan amerikalik charm qo‘lqop ustasi Floyd Meyvezer va UFC chempioni Konor Makgregor o‘rtasidagi jang chiptalari sotuvidan 55 million dollar daromad qilingan, deya xabar beradi Bloodyelbow nashri. Ushbu jang uchun 13094 chipta xarid qilingan.

Tecno

Manbaning yozilishicha, bu bilan Meyvezer – Makgregor jangi eng kassabop janglar tarixida ikkinchi o‘rinni egallagan. Bu boradagi birinchi o‘rin Meyvezer va Menni Pakyao jangiga tegishli. 2015 yil may oyida tashkil qilingan jangdan tashkilotchilar 72 million dollar daromad qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, jang 10 raund davom etib, Meyvezerning texnik nokauti bilan yakunlangan. Bu amerikalik bokschi uchun faoliyatida so‘nggi va 50-g‘alabasi sifatida tarixga muhrlangan. U shu vaqtgacha 50 jangda 50 g‘alabaga erishgan. Makgregor esa professional boksda ilk marta ringga chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!