Meyvezer pul topish bo‘yicha Messi va Ronalduni ortda qoldirdi
Boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer mashhurlar orasida Forbes jurnali talqiniga ko‘ra eng ko‘p daromad qilgan.
O‘tgan yili bokschi umumiy hisobda 285 million dollar ishlab topgan, yana 275 millionni MMA yulduzi Konor Makgregor bilan bo‘lgan jang uchun olgan. Ushbu ro‘yxatda Makgregor faqatgina 12-o‘rinni egalladi.
Ikkinchi o‘rinni aktyor Jorj Kluni (239 million dollar) band etgan bo‘lsa, model Kayli Jenner (166 million dollar) kuchli uchlikka yakun yasagan.
Ro‘yxatning kuchli 10taligida Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni ham uchratish mumkin.
Mashhurlar orasida eng ko‘p daromad qilganlar TOP-10
1. kichik Floyd Meyvezer
2. Jorj Kluni
3. Kayli Jenner
4. Judi Sheyndlin
5. Dueyn Jonson
6. U2
7. Coldplay
8. Lionel Messi
9. Ed Shiran
10. Krishtianu Ronaldu



Fikrlar