Meyvezer yana ringga qaytish uchun mashg‘ulotlarga kirishdi
Boks bo‘yicha amerikalik Floyd Meyvezer professional faoliyatidagi 51-jangini o‘tkazishi uchun mashg‘ulotlar olib bormoqda. Biroq u engil vaznda UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor bilan qayta uchrashmoqchi emas.
Ma’mumotlarga ko‘ra, Meyvezer bir necha ishonchli kishilari bilan yana bitta jang o‘tkazish bo‘yicha suhbat tashkil qilgan va hozirda bunga variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Amerikalik sportchi tezroq rasman ringga qaytishini e’lon qilishi mumkin. Bokschi ayni damda ajoyib sport formasida va Las-Vegasdagi zallaridan birida mashg‘ulotlarga zo‘r bermoqda.
Meyvezer birinchi marta 2015 yil sentyabrida faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgan edi. Biroq 2017 yil Makgregor bilan jang uchun yana katta ringga qaytgan. Jang 26 avgust Las-Vegasdagi “Ti-Mobayl” arenasida bo‘lib, bokschining 10- raundda texnik nokaut bilan yakunlangan. Makgregor uchun ushbu jang professional boksdagi ilk jangi bo‘lsa, Meyvezer uchun karerasida so‘nggisi bo‘lgan edi.

Fikrlar