
Migel Kottoning xayrlashuv jangi qachon va qaerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Birinchi o‘rta vazn toifasida WBO chempionlik kamari sohibi Migel Kotto (41−5, 33 KO), faoliyatidagi so‘nggi jang qachon va qaerda bo‘lishini ma’lum qildi.
Kelasi hafta Kotto Freddi Rouch murabbiyligi ostida mashg‘ulotlarga kirishadi, deya xabar beradi vRINGe.com sayti.
– Hozir biz barcha raqiblar bo‘yicha ishlarni yakunlayapmiz, – deydi Golden Boy Promotions prezidenti Erik Gomes BoxingScene nashriga. – Raqib masalasini shu hafta oxiriga qadar hal qilamiz.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jang 2 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi aniqlangan va puertorikalik bokschining uy arenasiga aylanib ulgurgan – afsonaviy Nyu-Yorkdagi “Madison Square Garden”da bo‘lib o‘tadi.
Kotto ayni damda 37 yoshda. U yana bitta jangdan so‘ng faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng Migel promouterlik ishlarini yo‘lga qo‘yishni hamda oilasi uchun ko‘proq vaqt ajratishni maqsad qilgan.
Fikrlar