
"Milan" 10 yildan so‘ng yana o‘ziga kelmoqda
Xabaringiz bor kecha Italiya A Seriyasining 4-turida “Milan” o‘z maydonida “Udineze”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Ortda qolgan 4ta tur natijalariga ko‘ra “rossonerilar” 9 ochko to‘plagan holda 5-o‘rinda borishmoqda. Qayd etish lozimki, ushbu ko‘rsatgich “Milan” uchun so‘nggi 10 yil ichidagi eng yaxshisi bo‘ldi.
Ular so‘nggi bor 2006/07 yilgi mavsumda A Seriyaning dastlabki 4ta turida 10 ochko to‘plashga erishishgan edi. Shundan so‘ng jamoaga musobaqani bu qadar omadli boshlash nasib qilmayotgan edi.
Fikrlar