"Milan" "Chelsi" ko‘zlayotgan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Braziliyalik yarim himoyachi Bernard tez kunlarda "Milan" futbolchisiga aylanadi. Bu xaqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha, futbolchining agenti ayni damda Italiyada bo‘lib turibdi va “rossonerilar” bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Bernardga shuningdek Londonning “Chelsi” klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Bernard so‘nggi mavsumni Donetskning “Shaxtyor” klubida o‘tkazgan edi. Uning “konchilar” bilan shartnomasi yakunlangach jamoani tark etdi. Ayni damda Bernard erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar