
"Milan" Diego Godinni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Diego Godin faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli urugvaylik futbolchiga “Milan”dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Ta’kidlash kerakki, Godinning “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Ma’lumot uchun, Godin “Atletiko” safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 11ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar