
"Milan" Falkaoga qiziqib qoldi
"Monako" klubi forvardi Radamel Falkao faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” jamoadan ketishi aytilayotgan Gonsalo Iguain o‘rniga aynan kolumbiyalik futbolchini munosib ko‘rishmoqda.
Ma’lumot uchun, Falkao joriy mavsum “Monako” safida jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol va 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar