"Milan" Gattuzoni iste’foga chiqarmoqchi emas
"Milan" klubi sport direktori Leonardo jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoning iste’foga chiqarilishi haqidagi xabarlarni inkor etdi.
Braziliyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra “rossonerilar” Gattuzoni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmayapti va uning o‘rniga yangi murabbiy olib kelish haqida o‘ylamayapti. Jamoaning joriy mavsumdagi maqsadi kuchli to‘rtlikka kirishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, Gattuzo “Milan”ni 2017 yilning 27 noyabridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa ayni damda musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar