"Milan" La Ligadan futbolchi sotib oladi

  • 16.08.2018 11:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi yarim himoyachisi Samuel Kastilexo Milan shahriga etib keldi. Bu haqda jurnalist Marko Bovichelli o‘zining tvitteri orqali xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 23 yoshli ispaniyalik futbolchi yangi hafta boshida “rossonerilar” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Agar uning sog‘ligida hech qanday muammo bo‘lmasa milanliklar uni keyinchalik 19 million evroga sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olishadi.

O‘z navbatida “Milan” ushbu transfer uchun o‘zining kolumbiyalik forvardi Karlos Bakkani ham qo‘moqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!