"Milan" Morata hamda Iguain uchun kurashga kirishdi

  • 17 iyul, 2018, 14:36
  • 0
  • Futbol

Italiyaning "Milan" klubi "Chelsi" xujumchisi Alvaro Morataga katta qiziqish bildirmoqda.

Sky Sport Italia nashrining xabarlariga ko‘ra, klub direktori Marko Fassone hamda sport direktor Massimiliano Mirabelli xozirda Londonda Morataning transferi bo‘yicha muzokaralarni olib borishmoqda.

Shu qatori, milanliklar "Yuventus" a’zosi Gonsalo Iguainning jamoaga ko‘chib o‘tishi tarafdoridir. Argentiniyalikning vakillari bilan ham muzokaralar boshlab yuborilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Yuve" xujumchisi ushbu transferga roziligini bildirgan. Ushbu ko‘chib o‘tish 60 million evroga teng bo‘lishi mumkin va Gonsalo "Milan" tarkibida bir yilda 7,5 million evro daromad topadi.

Ma’lumot uchun, Morata joriy mavsumda "Chelsi" safida 48 uchrashuvda maydonga tushib, 15 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan. Iguain esa "Yuventus" tarkibida 50 bahsda ishtirok etib, 23ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!