"Milan" PSJ vingerini sotib olishga harakat qilib ko‘rmoqchi

  • 08.08.2018 09:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" klubi joriy yozgi transferlar davrida PSJ vingeri Yulian Drakslerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda TuttoMercatoWeb nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra “rossonerilar” braziliyalik yarim himoyachi Bernardni qo‘lga kirita olishmagach, bor e’tiborlarini aynan germaniyalik futbolchiga qaratishgan.

Ma’lumot uchun, Draksler o‘tgan mavsum PSJ safida jami 47ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!