"Milan" Patoni ortga qaytarmoqchi
"Milan" klubining yangi sport direktori Leonardu uch nafar braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Tuttosport nashri.
Ular orasida klubning sobiq o‘yinchisi Pato ham bor. Bu futbolchi ayni damda Xitoyning "Tyantszin Tsyuantszyan" klubi sharafini himoya qilmoqda.
Pato "Milan" tarkibida 2008-2012 yillarda to‘p surgan va jarohati sababli ko‘p vaqtini zaxirada o‘tkazgan. Sentyabrda u 29 yoshga to‘ladi. Leonardu Pato bilan 2009/10 mavsumda "Milan"ni boshqarganda birga ishlagan.
Yana ikki nafar futbolchilar - bular Olimpiya chempioni-2016 25 "San-Paulu" himoyachisi Rodrigu Kayyu va 20 yoshli "Flamengo" yarim himoyachisi Lukas Paketadir.

Fikrlar