"Milan" Reshfordga qiziqib qoldi
"Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich bilan kelisha olmagan "Milan" endi hujum chizig‘ini kuchaytira oladigan boshqa nomzodlarni qidirmoqda.
Gazzetta dello Sport tarqatgan xabarga qaraganda “rossonerilar” short-listida "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford ham bor. Aytish kerakki, asosan zaxirada qolib ketayotgan yosh iqtidor egasi jamoasini o‘zgartirish niyatida. Milanliklar esa aynan mana shundan foydalanishib, uni o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, "Milan" shuningdek "Liverpul" forvardi Divok Origini ham kuzatib bormoqda.

Fikrlar