"Milan" o‘z faxriysi bilan xayrlashmoqchi, ammo...

  • 16 avgust, 2018, 08:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Rikkardo Montolivo bilan xayrlashishni istamoqda, biroq futbolchi ketishni xohlamayapti.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo 33 yoshli futbolchini yangi mavsumda o‘z rejalariga kiritmayapti. Montolivoning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2019 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, Montolivo o‘tgan mavsum “Milan” safida jami 26ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!