"Milan" o‘z safiga Braziliya terma jamoasi a’zosini qo‘shib oladi

  • 06.08.2018 17:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning "Milan" klubi "Shaxtyor"ning sobiq yarim himoyachisi Bernardni o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda “rossonerilar” 25 yoshli braziliyalik futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzolashmoqchi. Agar ushbu kelishuv imzolansa, Bernardning yillik maoshi 3,5 mln evroni tashkil etishi mumkin.

“Konchilar” bilan shartnomasi yakunlanib ayni damda erkin agent ma’qomida yurgan futbolchining o‘zi ham “Milan” faoliyatini davom ettirishi uchun eng ma’qul joy ekanligini aytmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!