"Milan" prezidentini o‘g‘ri urdi

  • 14 dekabr, 2018, 22:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning “Milan” klubi prezidenti Paolo Skaronining ichida 10 ming evro bo‘lgan diplomatini o‘g‘irlashdi.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra o‘g‘ri “rossonerilar” rahbarining mashinasi orqa o‘rindig‘idan diplomatni olib qochib ketgan. Shundan so‘ng Skaroni o‘g‘rini mashinada quvlagan, ammo eta olmagan.

Ma’lumotlarga qaraganda o‘g‘irlangan diplomat keyinchalik topilgan. Ammo, uning ichida faqatgina hujjatlar va Skaronining shaxsiy buyumlari qolgan. Diplomat ichidagi 10 ming evro pul olib ketilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!