"Milan" qishda "Chelsi" himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, ammo...

  • 21 noyabr, 2018, 16:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" qishki transferlar davrida "Chelsi" himoyachisi Andreas Kristensenni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “rossonerilar” davralar oralig‘idagi transferlar paytida 22 yoshli daniyalik futbolchini sotib olishmoqchi, biroq, UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidasi ularga bu yo‘lda to‘sqinlik qilishi mumkin. “Aristokratlar” Kristensenni 40 mln evroga baholashmoqda.

Qolaversa, Kristensenning o‘zi ham etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab “Chelsi”dan ketishga tayyor. U joriy mavsum bor yo‘g‘i 6ta o‘yinda maydonga tushdi holos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!