"Milan" va "Yuventus" 3ta transfer bo‘yicha kelishuvga erishishdi
"Milan" va "Yuventus" o‘zaro 3ta transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi. Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” argentinalik hujumchi Gonsalo Iguainni 18 mln evro evaziga bir mavsumga ijaraga oladi va ushbu muddat yakunlangach esa 36 mln evroga to‘liq sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari ushbu jamoalar o‘zaro himoyachilar rokirovkasini ham amalga oshirishadi. Aniqrog‘i, Leonardo Bonuchchi “Yuve”ga qaytsa, uning o‘rniga Mattia Kaldara “San Siro”ga yo‘l oladi.

Fikrlar