
"Milan"ning Italiya kubogidagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Kecha Italiya kubogining 1/16 final bosqichida "Sampdoriya" o‘z maydonida SPALni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mezbonlarga g‘alaba keltirgan gollarga Greguar Defrel hamda David Kovnatskolar mualliflik qilishdi. Mehmonlarning yagona javob goli esa Serxio Flokkari tomonidan kiritildi.
Endi genuyaliklar chorak finalda “Milan”ga qarshi bahs olib borishadi.
Fikrlar