“Milan”ning yangi xo‘jayini Gattuzoni ishdan bo‘shatishi va ...
Yaqindagina “Chelsi”dan iste’foga chiqarilgan murabbiy Antonio Kontega o‘z vatanidan ish topilishi mumkin.
Elliott nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Milan” klubining yangi xo‘jayini jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoni ishdan bo‘shatib, uning o‘rniga aynan Konteni olib kelishi mumkin. Agar voqealar shu tariqa rivoj topsa, u holda Konte “Milan”ga o‘zining “Chelsi”dagi sobiq shogirdi Alvaro Moratani ham jalb etishi mumkin.
Bundan tashqari yangi rahbariyati “Milan”ning ayni damdagi direktorlari Massimiliano Mirabelli va Marko Fassonelarni ham o‘z lavozimidan ozod etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Gattuzo pul yuvishda gumonlanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, “Milan”ning xitoylik investorlari jamoada yuzaga kelgan moliyaviy muammolarni bartaraf eta olmagach ushbu qarzlarni to‘lagan AQSh kompaniyasi jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan edi.

Fikrlar