
Mini-futbol: Oliy Liga. “Do‘stlik-AIN” “Bunyodkor”ni mag‘lub etdi
Mini-futbol bo‘yicha Oliy Liga jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bahslari davom etmoqda.
Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan uchrashuvlarning so‘nggi bahsida Qarshining “Do‘stlik-AIN” klubi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga qarshi to‘p surdi.
Kunning ushbu markaziy bahsida esa qarshiliklar "qaldirg‘ochlar"ni katta qiyinchilik bilan mag‘lubiyatga uchratdi.
Xususan, dastlab, Oybek Polvonov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib, timur Sadirov hisobni tenglashtirdi. Keyinchalik ushbu golga javoban Shahboz Ahmedov va Baxtiyor Baratovlarning urgan gollari hisobni yiriklashtirgan bo‘lsa, Temur Sadirovning 26-daqiqada qayd etgan dubli oradagi farqni qisqartirish uchun kifoya qildi, xolos.
Qayd etish joiz, oldingi bahsda Buxoroning "Kogon" klubi Samarqandning "Nafis" jamoasini yirik hisobda mag‘lub etgandi.
Oliy liga
3-tur, 1-kun
16.01.2017
"Do‘stlik-AIN" - "Bunyodkor" 3:2
Gollar: O.Polvonov 8, Sh.Ahmedov 15, B.Baratov 22 - T.Sadirov 12, 26
Fikrlar