Mini-futbol: Oliy Liga. "Turon-S" jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozildi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun poytaxtimizda mini-futbol bo‘yicha Oliy Liga jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari davom etmoqda.

Tecno

Ushbu kun doirasidan o‘rin olgan ilk bahsda “Olmaliq” klubi “Lokomotiv” jamoasini yirik hisobda taslim etishga muvaffaq bo‘ldi.

Ammo kun dasturidan o‘rin olgan "Turon-S" - "Ardus" uchrashuvi andijonliklarning o‘yinga etib kela olmagani bois o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Shu tariqa, "Turon-S" jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

Qayd etish joiz, “Turon-S” klubi o‘tkazilgan so‘nggi 10 ta uchrashuvdan so‘ng 3 g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat bilan turnir jadvalida 8-o‘rinni band etib turgandi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!