
Minole: JCh–2018 da logistika JCh–2014 va Evro–2016 dan yaxshiroq tashkillashtirilgan
Belgiya terma jamoasi darvozaboni Simon Minole Rossiyada davom etayotgan JCh–2018 turniridagi tashkiliy masalalar haqida fikr bildirdi.
“Barcha tashkiliy masalalar ajoyib. Ayniqsa logistika yaxshi tashkillashtirilgan. Rossiyada logistika JCh–2014 (Braziliya) va Evro–2016 (Frantsiya) musobaqalaridan yaxshiroq tashkillashtirilgan.
Rossiyada o‘yin maydonlariga etib borish ancha oson. Reyslar kerchiktirilmadi, ko‘p kutish kerak emas. O‘zimizni doim xavfsiz his qildik. Politsiya va qo‘riqchilar har doim o‘z ishini bajarmoqda”, – dedi Minole “Izvestiya” gazatesiga.
Fikrlar