Minolening agenti uning "Liverpul"dan ketishiga sha’ma qildi

  • 22 iyul, 2018, 10:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubi darvozaboni Simon Minolening agenti mersisaydliklar safiga Alissondek darvozabon kelib qo‘shilgach mijozining jamoadagi kelajagi borasida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Shubhasiz, dunyodagi eng qimmat darvozabon zaxirada o‘tirmaydi. Shunday ekan biz Simon doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun variantlar qidirishimiz lozim. Bu borada bizda ko‘plab takliflar bor, yaqin kunlar ichida qarorimizni e’lon qilamiz”, - deydi agent.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” bundan bir necha kun avval “Roma”dan braziliyalik darvozaboni Alissonni 72 mln evroga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!