Mirjalol Qosimov: "Bunyodkor" saqlab qolinishi kerak

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Qarshida "Nasaf"ga qarshi doimo qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Bugun ham ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi, gollar kiritildi. Bugun bizga omad kulib boqdi. Agarda penaltini darvozabonimiz qaytara olmaganida o‘yin qanday kechar edi bilmayman.

Maqsadimiz chiroyli o‘yin ko‘rsatib, muxlislarni xursand etish. Ochkoni kuzda sanaymiz, g‘oliblikka kuchimiz  etadi va yigitlarim bunga haqli.

"Nasaf" ham yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Boya aytganimdek omad ko‘proq biz tarafda bo‘ldi. Menimcha, murabbiy hech qachon jamoadan 100 % qoniqish hosil qilmaydi. Negaki, o‘yin davomida baribir qandaydir xatolar uchrab turadi.

"Bunyodkor" saqlab qolinishi kerak. O‘zbek futboli uchun yaxshi futbolchilar etishtirib bermoqda. Qolaversa, klub akademiyasida mingga yaqin bolakaylar futbol sir-asrorlarini o‘rganishmoqda. Umid qilamanki, klubning umri uzoq bo‘ladi", - dedi Qosimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!