Mirzamuhammad Hikmatullaev debyut jangida engilmas bokschiga mag‘lub bo‘ldi (video)
Asosiy jangi rossiyalik Denis Lebedev va turkiyalik Xizn Altunkuy o‘rtasidagi qarama-qarshilik bo‘lgan jang kechasida hamyurtimiz Mirzamuhammad Hikmatullaev profi boksdagi debyut jangini o‘tkazdi.
Unga qozog‘istonlik engilmas Stanislav Kalitskiy (4-0) raqiblik qildi. Ushbu jang hakamlarning bir ovozdan chiqqan qarorlari bilan tajribali bokschining g‘alabasi bilan yakun topdi.
"Men o‘zimdan noroziman. Yarim yil jarohat bois ringga tusholmadim. Shu bois bugun raqib debyutant bo‘lsada, qiynaldim. U havaskor boksda yaxshi natijalarga erishgan va bugun ham yaxshi jang qildi", - deb Hikmatullaevga yuqori baho berdi qozog‘istonlik bokschi.
Quyida esa mazkur jangni tomosha qilish imkoniga egasiz.

Fikrlar