Misr terma jamoasi JCh-2018 uchun o‘zining kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi

  • 14 may, 2018, 13:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper yozda Rossiya yashil maydonlari mezbonligida o‘tadigan navbatdagi jahon chempionati uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Unga ko‘ra quyida nomlari keltirilgan 29 futbolchidan yakunda 23tasi saralab olinadi va mundialda ishtirok etadi.

Darvozabonlar: Essam Al-Xaydari («Al-Taavun», Saudiya Arabistoni), Axmed Al-Shenavi, Sherif Akrami (ikkalasi – «Al-Axli»), Muhammad Auad («Ismoiliya»)

Himoyachilar: Axmad Fatxi («Al-Axli»), Axmad Al-Muxammadi («Aston Villa», Angliya), Muhammad Abdul-Shafi («Al-Fotix», Saudiya Arabistoni), Axmad Xegazi, Ali Gabr (ikkalasi — «Vest Bromvich Albion», Angliya), Umar Gaber («Los-Andjeles», AQSh), Saad Samir, Ayman Ashraf (ikkalasi — «Al-Axli»), Karim Xafez («Lans», Frantsiya), Amro Tarek («Orlando Siti», AQSh), Maxmud Xamdi («Zamalek»)

Yarim himoyachilar: Muhammad El-Nenni («Arsenal», Angliya), Abdulla Said («KuPS», Finlyandiya), Maxmud Fadlalla «Shikabala» («Al-Raed», Saudiya Arabistoni), Maxmud Xassan «Trezege» («Kasympasha», Turkiya), Ramadan Sobxi («Stok Siti», Angliya), Tarek Xamid, Maxmud Abdul Aziz (ikkalasi — «Zamalek»), Maxmud Abdul-Moneym «Kaxraba» («Al-Ittixad», Saudiya Arabistoni), Amr Varda («Atromitos», Gretsiya), Sem Morsi («Uigan Atletik», Angliya)

Hujumchilar: Muhammad Saloh («Liverpul», Angliya), Maruan Muxsin («Al-Axli»), Axmad Xassan «Koka» Magub («Braga», Portugaliya), Axmad Gomaa («Al-Masri»)

Eslatib o‘tamiz, misrliklar musobaqaning “A” guruhida Rossiya, Urugvay hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi kurash olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!