
"Monako" Kagavani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Dortmundning "Borussiya" klubi xavbeki Shinji Kagava faoliyatini "Monako"da davom ettirishi mumkin.
Yahoo Sport tarqatgan xabarga ko‘ra monakoliklar 29 yoshli yaponiyalik futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshlashgan. Aytish lozimki, uning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Shu bois nemis klubi uni taxminan 2-3 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Kagava joriy mavsum “Borussiya” safida Bundesligada bor yo‘g‘i 2ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.
Fikrlar