“Monako” qatorasiga 8 o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti

  • 29 sentabr, 2018, 06:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leonardu Jardim jamoasi Frantsiya chempionati 8-turi doirasida “Sent-Eten”ga qarshi bahs olib bordi va 0:2 hisobida taslim bo‘ldi.

Monegasklar qatorasiga 8 o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti – 5 mag‘lubiyat, 3 durang.  Jamoaning so‘nggi 10 rasmiy bellashuvida atigi bitta g‘alaba bor.

“Monako” Frantsiya chempionati 8-turidan keyin 6 ochko bilan turnir jadvalining 18-pog‘onasida bormoqda. Ushbu tur uchrashuvini hali o‘tkazmagan “Nant” yuqoriga ko‘tarilib, “Monako”ning 19-o‘ringa pasayishiga xizmat qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!