Motokross buyicha hokim kubogi musobaqasining birinchi bosqichi o‘tkazildi
Yaiqnlashib kelayotgan “Navro‘z" bayramiga bag‘ishlab, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan avtomobil maktabida “Mototsikl poygasi” sport turi bo‘yicha viloyat hokimi kubogi musobaqasining birinchi bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu musobakada shahar, tumanlar hamda Farg‘ona viloyatidan 11 va undan katta yosh bo‘lgan jami 68 nafar sportchilar dvigatel hajmi 65-110 sm/kub, 85-125 sm/kub, 125 sm/kub, 350 sm/kub, 250-500 sm/kub va 650-750 sm/kub bo‘lgan sport mototsikllarida ishtirok etdilar.

Musobaka natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni Norin tuman jamoasi, 2-o‘rinni To‘raqo‘rg‘on tuman jamoasi va 3-o‘rinni Pop tuman jamoasi egalladilar. G‘oliblarga “Vatanparvar” tashkilotining faxriy yorlik va esdalik sovg‘alari topshirildi.






Fikrlar