Mourino Depayni yana MYuga qaytarmoqchi

  • 20.11.2018 11:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi "Lion"da to‘p surayotgan sobiq vingeri Memfis Depayni ortga qaytarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Transfermarketweb nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mankuanliklar ustozi Joze Mourino 24 yoshli gollandiyalik futbolchini yana o‘z jamoasida ko‘rish niyati borligini bildirgan. Ammo, MYu rahbariyati ushbu transferning amalga oshishiga shubha qilmoqda. Boisi,  uning hozirgi transfer narxi juda baland, qolaversa Depay aynan portugaliyalik mutaxassis bilan til topisha olmagach jamoani tark etgan.

Ma’lumot uchun, Depay “Manchester Yunayted” safida 2015-2017 yillarda to‘p surgan va shundan so‘ng 16 mln evro evaziga “Lion”ga ko‘chib o‘tgan. U frantsuz klubi safida shu kungacha jami 86ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 33ta gol hamda 31ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!