Mourino EL 1/8 finalida to‘qnash kelishni istamaydigan jamoalarni ma’lum qildi
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino “Sent-Eten” (1:0) ustidan qozonilgan g‘alaba va jamoasining Evropa Ligasi 1/8 finalida to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan ba’zi raqiblar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Men o‘yinchilarimga birinchi gol juda muhim ekanligini aytganman. Biz bunga erishdik va o‘yin shunday yakuniga etdi. Keyin esa to‘liq nazoratni qo‘lga oldik. Afsuski, bu o‘yinda Mxitaryan jarohat oldi, – deydi Mourino.
– Menda 1/8 finalda kim bilan o‘ynash borasida taxminlar yo‘q. Barchasi qur’a natijalaridan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Uni biz tanlamaymiz. Agar menga tashlash imkoniyati berilganda, musobaqada uzoqni maqsad qilmagan jamoalarni tanlagan bo‘lardim. Masalan “Krasnodar” yoki “Lion” bilan uchrashishni istamayman.
Watch how we secured our place in the next round of the Europa League with highlights from tonight's 1-0 win: https://t.co/7oKB46fioi pic.twitter.com/iBmCeciL8t
— Manchester United (@ManUtd) 23 fevralya 2017 g.

Fikrlar